Munosabatlar
May 15

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro Facebook tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi orqali tarif rejalarining narxlari bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli boʻlinmaga yoʻnaltirilganligi bildiriladi.

Shu bilan birga ushbu murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lumot sifatida qo‘shimcha qilinadi. Bugungi kunda Kompaniyaga oid abonentlarning ehtiyojiga qarab turli tarif rejalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, abonent o‘z ehtiyojiga qarab ulardan foydalanishi mumkin.

Ayrim tarif rejalari narxlarining oshirilishi esa taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining yaxshilanishi hamda qo‘shimcha imkoniyatlarning kengaytirilishi bilan bo‘liqligi ma’lum qilinadi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati