May 24, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Gpon texnologiyasi o‘rnatilganligi, lekin Internet tezligi ikki xil ko‘rsatkich qayd etayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Ushbu kanal administratori tomonidan kelib tushgan murojaatlar o‘z yuboruvchilarini anonim tarzda saqlash siyosatini olib borganligi sababli, yuqoridagi murojaat ma’lumot uchun qabul qilindi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress