Munosabatlar
February 18

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kompaniyaning Facebook sahifasidagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro “Hammasi Birga 1” tarifi narxi o‘zgarishi va mazkur o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot so‘rab murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati tegishli bo‘linmaga xabar berganligi, o‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojaatchiga zaruriy tushuntirishlar berilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati