Munosabatlar
Today
Munosabat
“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Jumladan, Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqdagi texnik qo‘llab-quvvatlash guruhiga fuqaro internet tarmog‘idagi uzilishlar yuzasidan murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan va murojaat qisqa fursatda ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.