March 4

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya tomonidan o‘z xizmatlarini reklama qilish uchun katta miqdorda summa ajratilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur ma’lumot bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, “O‘zbektelekom” AK tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarining barcha turlari to‘liq taqdim etiladi hamda doimiy ravishda turli xil qo‘shimcha va raqamli xizmatlar ko‘rsatiladi. Ayni paytda Kompaniyaning mijozlari 10 mln.dan ziyodni tashkil qiladi. Bundan tashqari, telekommunikatsiya bozorida soha yo‘nalishi bo‘yicha faol raqobatchilar mavjud. Shu bois, Kompaniya o‘z faoliyatini, yangi tarif va aksiyalarni turli OAV hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali telekommunikatsiya bozorida qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida reklama va PR shaklida targ‘ib qilib boradi.

Bu birinchi navbatda Kompaniya faoliyati shaffofligini ta’minlash, shuningdek abonentlarni yangiliklardan o‘z vaqtida xabardor qilish maqsadida amalga oshirilishi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati