Munosabatlar
November 16
Munosabat
"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, fuqaro Kompaniyaning Facebook tarmog‘idagi "Abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash" guruhi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududida internet aloqa kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.