Munosabatlar
Today

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi "Komporuz" Telegram kanali orqali internet xizmatida uzilishlar kuzatilayotganligi ta’kidlangan murojaat eʼlon qilinganligi hamda mazkur murojaat tezkorlik bilan nazoratga olinganligi ma’lum qilingan edi.

Ushbu murojaat yuzasidan kompaniya mutaxassisining murojaat e’lon qilingan axborot kanaliga qo‘shimcha ma’lumot uchun yuborgan so‘rovi javobsiz qoldirilganligi, shunday bo‘lsada kompaniyaning Sharqiy filiali mutasaddilari murojaatda keltirilgan "Andijon" MFY raisi ishtirokida hududdagi Shimoliy sanoat ko‘chasida o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganish ishlari olib borilganda, hududda internet tarmog‘i hamda aloqa sifatidan aholining shikoyati yo‘qligi, murojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi aniqlanganligi bildiriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati