Munosabatlar
August 31, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AKning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro ijtimoiy tarmoqdagi o‘zining Facebook sahifasida hududning tog‘li “Vochax, Ustoj, Kundai-Juvoz” qishloqlarida yashovchi aholining farzandlari maktabda internet aloqasi yo‘qligi sababli “кундалик.com”ga ma’lumot kirgizishda qiyinchiliklarga duch kelayotganlari bo‘yicha murojaat qilgan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborilib, bo‘linma tomonidan nazoratga olindi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati