July 26, 2022

Etakchi yoshlar salohiyati oshirilmoqda

O‘quv kursi doirasida:

Zamon shiddat bilan taraqqiy etmoqda, kechagi kun bilan bugunni solishtirib bo‘lmaydi. Shu bois, bugun o‘z salohiyatini namoyon eta olgan yosh kadrlarning ish faoliyatida o‘sish kuzatiladi. Shuning uchun bu kabi maxsus o‘quv kurslari biz uchun ayni muddao bo‘ldi.

Kurs doirasida tajribali mutaxassislarning ma’ruzalari, malakasi bilimimizni yanada oshirishga xizmat qilishiga shubham yo‘q. Ayniqsa, jamoa bilan ishlash, ish jarayonidagi munosabatlarga zamonaviy yondashishning yangicha usullari biz uchun qiziqarli ma’lumot bo‘lmoqda.

Buning uchun “O‘zbektelekom” AK va filialimiz rahbariyatiga hamda o‘quv kursi tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman.

Nabijon HIKMATILLAYEV,

“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali yoshlar yetakchisi

@uztelecomuz

@uztelecompress