Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Telegram_Yulduzlari” Telegram kanali orqali fuqaro raqamiga keraksiz pullik xizmatlar ulanib qolayotganligidan shikoyat qilgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilib, quyidagilar ma’lum qilinadi:
Kompaniya abonentlarga biror bir kontent-xizmatidan ma’lum bir muddat bepul foydalanish aksiyasi doirasida ulanishdan avval, keyinchalik bu xizmat pullik bo‘lishini esdan chiqarmasliklarini eslatib o‘tadi! Biroq, har qanday xizmatga ulanish vaqtida abonentdan pul mablag‘lari yechilmaydi. Chunki kontent-provayderlar UZTELECOM mobil aloqa xizmati abonentlariga servis bilan tanishish uchun 24 soat mobaynida obunani bepul taqdim etadi. Odatda bu kabi xizmatlardan kiruvchi SMS xabarlar ba’zi holatlarda SPAM papkasiga tushishi hamda abonent nazaridan chetda qolishi mumkin. Buning uchun tez-tez SPAM papkasini tekshirib turishingizni so‘rab qolamiz! Shuningdek, UZTELECOM mobil aloqa xizmati kontent-provayderlarining axborot-ko‘ngilochar (kontent) xizmatlari mavjud bo‘lib, ularga abonent faqat o‘z ixtiyoriga ko‘ra ulanishi mumkin.
Mobil operator tomonidan abonentlarning xohishisiz hech qanday kontent xizmatlari avtomatik tarzda ulanmaydi va bunga yo‘l qo‘yilmaydi!
Xizmatlarga obunani bekor qilish usullari:
Shikoyatlarni kamaytirish, shuningdek, abonentlarga kontent xizmatlaridan obunani bekor qilish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida, aloqani uzishning quyidagi usullari mavjud: - SMS orqali – STOP1 buyrug‘ini ulangan xizmatning qisqa raqamiga yuborilgan holatda ulangan xizmatni o‘chirish mumkin;
- USSD orqali – *199# terib qo‘ng‘iroq tugmachasini bosganda barcha Kontent xizmatlarini o‘chirish uchun.
Bundan tashqari, UZTELECOM mobil aloqa xizmati orqali axborot-ko‘ngilochar (kontent) xizmatlarini ko‘rsatuvchi kontent-provayderlarning to‘liq ro‘yxati va xizmat turlari hamda ularni to‘xtatish uchun Stop so‘zlar hamda tegishli buyruqni jo‘natish uchun qisqa raqamli SMS manzillari bilan tanishishingiz mumkin.
Shuni ham ta’kidlash joizki, Landing page (veb-sahifa) orqali xizmatlarni faollashtirgan va 10 kun davomida xizmatdan foydalanmagan abonentlarga ushbu xizmat faol bo‘lganligi to‘g‘risida SMS-xabar keladi.
UZTELECOM aloqa operatori har bir abonentini qadrlaydi va eng qulay va xamyonbop xizmatlarni taqdim etishda davom etadi!