Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘i ulatganligi, biroq Kompaniya tomonidan taqdim etilgan qurilma bilan bog‘liq texnik muammo yuzaga kelganligi, bu boradagi murojaatlari foydalanish qurilmasining kafolat muddati o‘tganligi sababli amaliy yordam ko‘rsatilmayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari murojatchi bilan bog‘lanib, fuqaro murojaati nazoratga olinganligi va ijobiy hal qilishga yo‘naltirilganligi ma’lum qilinadi.