Sana
May 8

“O‘zbektelekom” AK “BKM” filialida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

“O‘zbektelekom” AK “Bosh kommutatsiya markazi” filialida Aloqachilar kuni hamda Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Ajdodlar ruhi mangu yashaydi” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Filial direktori S.Arifxonov tadbir ishtirokchilari oldida so‘zga chiqib, bugungi tinch-osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning mardonavor jasoratini ta’kidladi. U xotira muhimligini ta’kidlab, shu kunlarda Oliy sud tomonidan qatag‘on qurbonlarining nomi oqlanib, adolat tiklanganligi va mamlakatimizning mashaqqatli tarixini doimo yodda tutish kerakligini ta’kidladi.

Tadbir doirasida kommutatsiya tizimlarini boshqarish xizmati oliy toifali muhandisi D.Isroilovni Kompaniya rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbektelekom” AK Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanligi uchun tabriklandi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati