October 4, 2021

Eng yaxshilar aniqlandi

Joriy yilning 28-sentyabridan start olgan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi “Renessans holl” kinokonsert zalida o‘tkazilgan tantanali tadbir avvalida kinofestival doirasidagi ijodiy uchrashuvlar, katta premyeralar va xorijiy delegatsiyalarning kutib olinishi hamda ular ishtirokidagi viloyatlar bo‘ylab safarlar jamlangan rolik namoyish etildi.

Marosimda kinofestival tanlovida turli nominatsiyalar bo‘yicha aniqlangan g‘oliblar qatorida belaruslik kinoijodkorlar ham taqdirlandi. Jumladan, “Urush. Inson bo‘lib qolmoq” (“Война. Остаться человеком”) filmi rejessyori, belaruslik yosh va umidli ijodkor Mitriy Semyonov “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasi, “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasi g‘olibligini esa ayni shu film qahramoni belaruslik Marina Poddubnayani qo‘lga kiritishdi.

Gʻoliblarga Toshkent xalqaro kinofestivalining mukofot va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Belarus kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmlar namoyishi, Belarus kinosi kunlari Toshkent, Samarqand va Guliston shahrida o‘tkazildi.

UZTELECOM – “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali hamkori!

@uztelecomuz

@uztelecompress