November 21, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Muxbir Daliev” telegram kanali orqali Xorazm viloyati Xazorasp tumani Ovshar qishlog‘i Abdulla Qodiriy ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha qilgan murojaati natijasiz qoldirilib kelinayotganligidan shikoyat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, yuqorida ko‘rsatilgan manzilda aloqa kabellarining qamrovi to‘liq tashkil qilinmaganligi sababli internet xizmatiga ulanishning texnik imkoniyati mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi. Shu bois, mazkur ishlar to‘liq amalga oshirilishi uchun qo‘shimcha muddat talab etilishini inobatga olib, 2023-yil 1-chorak yakuniga (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin) qadar murojaatchining talabi bajarilishi uchun texnik imkoniyat yaratilishi fuqaroga tushuntirildi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress