Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar boʻyicha doimiy oʻrganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqaro ijtimoiy tarmoq orqali Surxondaryo viloyati Boysun tumanida internet hamda mobil tarmoq aloqasi xizmatlarining uzluksiz taqdim etilishi bilan bog‘liq murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan tezkor nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

"Oʻzbektelekom" AK Axborot xizmati