Munosabatlar
Yesterday

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “ХАЛҚ НАЗОРАТИ – НАРОДҚЙ КОНТРОЛЬ” guruhi orqali Farg‘ona viloyati So‘x tumani hududida Wi-Fi tarmog‘i ishlash tizimida yuzaga kelgan uzilishlar yuzasidan murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tezkorlik bilan murojaatchiga qayta aloqaga chiqishgan va zaruriy qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishi so‘ralgan.

Murojaat nazoratga olingan, holatga oydinlik kiritilishi bilan qo‘shimcha ishlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati