Munosabatlar
December 4, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali Kompaniya abonentlaridan biri tarmoqda yagona shaxsiy hisob xizmati ishga tushirilganligi va ilovaga ulanganda hech qanday ogohlantirishsiz balans nolga tushub qolganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va mavjud muammo o‘sha vaqtning o‘zida ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.