Munosabatlar
June 1
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali fuqaro Ellikqal’a tumanidagi “Tuproqqal’a” yodgorligiga har kuni yuzlab xorijiy sayyohlar kelayotgani, hozirda bu hududda aloqa sifatini yaxshilash maqsadida kompaniyalar tomonidan Internet sifatini yaxshilash uchun antenna qurib berilishini so‘rab murojaat yo‘llagan.
Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, hududiy bo‘linmaga xabar qilinganligi va mazkur masala atroflicha o‘rganilib, kelgusi rejaga kiritilishi uchun ma’lumot o‘rnida qabul qilinganligi bildiriladi.