December 1, 2021
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyati Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro shaharning Panjikent ko‘chasidan optik tolali aloqa kabellarini o‘tkazish uchun amalga oshirilgan qazilma ishlari natijasida holati buzilgan yo‘llar ta’mirlanmasdan qoldirilganligidan shikoyat qilgan. https://t.me/aks_sado_uz/1032
Mazkur murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, murojaat tegishli hududiy bo‘linmaga yuborilgan va ayni paytda murojaatda aytib o‘tilgan hududdagi yo‘llarda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Ishlar natijasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.