February 2, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda UZTELECOM milliy operatori xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” Aksiyadorlik kompaniyasi Axborot xizmati tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Yakkabog‘ tumani Oxunboboyev (Sayiltepa) mahallasida yashovchi fuqaro hududga 3-4 oy oldin kabel tortib kelingani, biroq hanuzgacha xonadonlarga ulab berilmaganligidan shikoyat qilgan.

https://t.me/yakkabog24/7707

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi va murojaat hududiy bo‘linma mas’ullari tomonidan nazoratga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot kiritiladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati