Munosabatlar
Today
Munosabat
Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan murojaat yuzasidan “O‘zbektelekom” AKning munosabati
Joriy yilning 11 iyun kuni UZTELECOM operatorining “Muruvvat” imtiyozli tarifi bilan bog‘liq masalada ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan murojaat “O‘zbektelekom” AK tomonidan ko‘rib chiqildi.
Murojaatdagi fuqaro bilan kompaniya mutasaddilari bog‘lanib, holat batafsil o‘rganildi. Abonentga imtiyozli tarifga ulanish tartibi haqida to‘liq tushuntirishlar berildi va masala ijobiy hal etildi — abonent belgilangan tartibda “Muruvvat” tarifiga muvaffaqiyatli ulandi.
“O‘zbektelekom” AK har bir mijozning murojaatini e’tibor bilan ko‘rib chiqadi hamda xizmatlar sifatini oshirish borasida doimiy ishlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi.