December 10, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Elmurod BLOGER” telegram kanali orqali Kompaniyaning Qashqadaryo filiali Yakkabog‘ tuman telekommunikatsiya bog‘lamasi binosi joylashgan hududda aloqa qudug‘i ekanligi nazarda tutilgan inshoatning qopqog‘i yo‘qligi va bu yo‘lovchilarga xavf tug‘dirayotganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llangan.

https://t.me/elmurodblog/16594

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya tomonidan quyidagilar ma’lum qilinadi. Ya’ni, murojaatda keltirilgan hududdagi ushbu inshoat telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniluvchi aloqa qudug‘i emasligi aniqlanib, teishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotga xabar berildi.

Shu fursatdan foydalanib, aholidan jamoatchilik mulkiga ehtiyotkor munosabatda bo‘lishlarini so‘rab qolamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati