September 28, 2022

28-sentyabr – Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni

YUNESKOning 2015-yilda o‘tkazilgan konferensiyasi rezolyutsiyasiga asosan qabul qilingan va 2016-yildan boshlab keng nishonlab kelinayotgan ushbu sana arafasida har yili dunyoning turli davlatlarida axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar tahlil qilinadi.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ham axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Joriy yilning 28-29-sentyabr kunlari poytaxtimizda “Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman esa yuqoridagi fikrlarimizning amaldagi ifodasidir.

Aytish mumkinki, axborotdan erkin foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda davlat organlari va tashkilotlarida tashkil etilgan axborot xizmatlarining ham o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Faoliyatlar natijasida axborot xizmatlari davlat tashkilotlari va jamoatchilik o‘rtasida axborot almashinuvida ko‘prik vazifasini o‘tash barobarida axborotdan erkin foydalanish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

@uztelecomuz

@uztelecompress