Munosabatlar
December 1, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Reforma.Uz” Telegram kanali orqali poytaxtimizdagi ta’lim muassasalaridan birida IT yo‘nalishida o‘tkazilgan olimpiada vaqtida internet tarmog‘i ishlamay qolganligi tanqid qilingan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qilinadi. Ya’ni, haqiqatan ham Toshkent shahridagi 273-sonli umumta’lim maktabida informatika fani bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada vaqtida tadbir uchun ajratilgan ayrim xonalarda internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilgan. Shunga ko‘ra holat bo‘yicha tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilib, mavjud muammo bartaraf etilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati