Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali fuqaro Internet uchun abonent to‘lovi oshganligi bo‘yicha e’tiroz bildirib murojaat qoldirgan.
Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari murojaatchi bilan bog‘lanib, mavjud masala yuzasidan tushuntirish berganligi, ya’ni, tariflardagi o‘zgarishlar abonentlarning ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqib amalga oshirilayotganligi, shuningdek, so‘nggi yillarda Internet-trafik va megabitlarga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortib borayotganligi, bu esa xizmat sifatini yanada yaxshilash va zamonaviy ehtiyojlarga moslashish uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilyotganligi, qolaversa, “O‘zbektelekom” AK tomonidan abonentlar bilan tuziladigan shartnoma shartlariga ko‘ra, Kompaniya tariflarda bir tomonlama o‘zgarishlar kiritish huquqiga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tilgan aytib o‘tilgan. Shuningdek, bu o‘z o‘rnida xizmat ko‘rsatish jarayonida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilishi ham bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kompaniyahar doim abonentlar fikr-mulohazalarini inobatga olib, xizmat sifatini oshirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga intiladi.