Munosabatlar
May 14

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ELTUZ” Telegram kanalida Kompaniya tizimida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlariga oid murojaat e’lon qilingan.

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi barcha tadbirkorlik subyektlariga ko‘plab imkoniyatlar va qulayliklar yaratmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, jarayonlarni avtomatlashtirish orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanmoqda, xizmatlarni ko‘rsatishga ketadigan xarajatlar qisqarmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, bugun har bir sohada zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish, ular imkoniyatini faoliyatga keng tatbiq qilish davr talabiga aylanib bormoqda.

Xususan, “O‘zbektelekom” AKda amalga oshirilayotgan transformatsiya ishlarida ham ayni shunday istiqbol maqsad qilingan. Boisi, telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish, monitoring qilish, sozlash ishlari avvallari bevosita inson tomonidan amalga oshirib kelingan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib bu ishlar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, bu borada xalqaro tajribaga tayangan uslubda ish olib borilmoqda, ya’ni dunyo miqyosidagi yirik telekommunikatsiya operatorlarida ham boshqaruvni makro hududiy filiallar asosida tashkil etilgan. Makro hududiy boshqaruvni amalga oshiruvchi filial xodimlari bilimi, qobiliyati, malakasi, tajribasidan kelib chiqqan holda, suhbat va savol-javoblar asosida saralanmoqda va tegishli lavozimlarga ishga olinmoqda. Suhbatlar videonazorat asosida olib borilmoqda va saqlanishi ta’minlamoqda. Ishlar inson omili ishtirokisiz amalga oshirilayotganligi bois, murojaatda keltirilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmasligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati