May 29, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘i orqali Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligi va bu borada qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligiga e‘tiroz bildirgan.

Mazkur murojaat Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida mavjud muammo hududiy bo‘linma mutaxassislari tomonidan ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

Shuningdek, Facebook tarmog‘i orqali Toshkent viloyati Zangi ota tumanida yashovchi yana bir fuqaro xonadoniga ulangan internet tarmog‘ida nosozlik kuzatilganligidan shikoyat qilgan.

Ushbu murojaat ham Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari manzilga chiqib, murojaatchining muammosi ijobiy hal etilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati