Munosabatlar
February 28

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoq sahifalarida «112» – O‘zbekistonda yagona dispetcherlik xizmati orqali chaqirilgan tez tibbiy yordam xizmati kechikib kelishi natijasida yosh bolaning hayotdan ko‘z yumganligi haqida xabarlar tarqalganlmoqda. Shunga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Kontakt markaziga qo‘ng‘iroqlar kelib tushmoqda.

Mazkur ma’lumot yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, ushbu holat Dog‘iston Resbublikasida ro‘y bergan va ijtimoiy tarmoqdagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Fuqarolardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga aldanib qolmaslik so‘raladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati