Munosabatlar
December 21, 2023
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Potrebitel” guruhi orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaro internet tarmog‘ida uzilishlar yuzaga kelayotganligi bo‘yicha murojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi va mavjud muammo bartaraf etilib, murojaat ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.