Munosabatlar
October 23

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Bukhara Info!” Telegram kanali orqali Buxoro viloyati Kogon shahri Temiryo‘lchi ko‘chasida yashovchi fuqaro hududdan o‘tkazilgan aloqa kabellarining tartibsiz holga kelib qolganligidan shikoyat qilgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berganligi va bo‘linma mutaxassislari tomonidan muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati