Soha yangiliklari
April 17

“Kontakt markazi” filliali xodimlari maroqli dam olishdi

Jamoada ish samaradorligini oshirish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “O‘zbektelekom” AK “Kontakt markazi” filliali tomonidan soha mutaxassislari uchun sо‘lim tabiat bag‘riga timbilding tashkil qilindi.

Toshkent vildoyati Parkent tumanida joylashgan Samsarak qishlog‘i ayni kunlarda ona tabiatning barcha go‘zalligini o‘zida jamlagan. Yaratilgan imkoniyatlar natijasida jamoaning 50 nafar xodimlari ushbu go‘shada turli o‘yinlar va musobaqalar uyushtirib maroqli dam olishidi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati