October 3, 2023

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Sizdan telegram” Telegram kanali orqali dilerlar nomidan Kompaniyaning UzMobile filiali bilan ishlashda eʼtirozlari borligi, xususan dam olish kunlari ishlaganliklari uchun munosib haq toʻlamasliklari, shuningdek majburiy yuklamalar qoʻyilishini tanqid qilib murojaat yoʻllagan.

Ushbu murojaat boʻyicha Kompaniya quyidagilarni maʼlum qiladi. Haqiqatan ham dilerlar bilan agentlik shartnomasiga asosan hamkorlik qilinadi va barchasiga munosib haq toʻlab kelinadi, hatto dam olish (yakshanba kunlari) hamda bayram kunlari ishlagan dilerlarga har bir ulagan SIM kartasi uchun Kompaniya tomonidan qo‘shimcha mukofоt to‘lovi mavjud.

Yaʼni, sotuv agentlari bilan tuzilgan agentlik shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining barcha normalarini buzmagan holda olib boriladi.

Shunga qaramay mazkur holatlar boʻyicha Kompaniya tomonidan ichki oʻrganish ishlari olib boriladi va ishlar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berilishi bildiriladi.

“Oʻzbektelekom” AK Axborot xizmati