Munosabatlar
April 25

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “ХАЛҚ НАЗОРАТИ” guruhi orqali fuqaro uy manziliga oid teleon raqami o‘zgartirilganligi haqida 2 oy kechikib xat olganligi, shunda ham ma’lumlantirilgan xatda keltirilgan telefon raqamiga o‘zgartirilmaganligidan shikoyat qilib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida bo‘linma mutaxassislari tomonidan murojaatchi bilan bo‘lanilib, mavjud muammo o‘rnatilgan tartibda hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati