December 19, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” rasmiy yangiliklar kanali orqali Yuqori Chirchiq tumani Navoiy MFY Umid nihollari ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro internetga ulanish bo‘yicha qilgan murojaati natijasiz qoldirilib kelinayotganligidan shikoyat yo‘llagan.

Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari mazkur masala yuzasidan murojaatchi bilan bog‘lanib, holat bo‘yicha tushuntirish berishdi va fuqaro qo‘shimcha e’tirozi yo‘qligini bildirgan. Rejadagi ishlar natijasiga ko‘ra, mazkur hududda aholini internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida optik tolali aloqa kabellari qurib borilgan va hozirda yakunlovchi texnik ishlar davom ettirilmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda mazkur ishlar to‘liq amalga oshirilishi qo‘shimcha muddat talab etishini inobatga olib, 2023-yilning yanvar oyi (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin)gacha murojaatchining talabi bajarilishi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress