Munosabatlar
August 12

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Потребитель.Уз” guruhi orqali fuqaro telefon tarmog‘ida uzilish yuzaga kelganligi va bu boradagi murojaati natijasiz qolayotganligidan shikoyat qilib murojaat qoldirgan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, tegishli bo‘linmaga xabar qilinganligi va murojaatchining xonadonida telefon aloqasi qayta tiklanganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati