Munosabatlar
Today

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Facebook tarmog‘idagi “Самарканд и Самаркандцы” guruhi orqali Samarqand viloyati Samarqand tumani, “Qozi Ariq” MFY, Naqshinkor ko‘chasi hududida internet va uy telefoni kabellari tartibsiz holga kelib qolganligi yuzasidan murojaat qoldirilgan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari mazkur murojaat nazoratga olinganligi va ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati