December 29, 2021
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Farg‘ona viloyati Furqat tumanida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy tarmoqdagi Facebook sahifasida “Ilyosjon Fayzimatov” profili orqali faollanuvchi fuqaro Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovga Kompaniyaning hududiy bo‘linmasiga Wi-Fi qurilmasini o‘rnatib berishlarini so‘rab qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat bo‘yicha fuqaro bilan bog‘lanib, vaziyatga batafsil oydinlik kiritildi va muammoni bartaraf etishning texnik imkoniyatlari ko‘rib chiqilib, masala ijobiy hal etildi.