Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbektelekom” AK xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Кушербаевга мурожаат” Telegram kanali orqali Xorazm viloyati Shovot tumani Chig‘atoyqal’a qishlog‘i “Royat” mahalla Bahor 1-berk ko‘chasidan murojaat yo‘llangan. Unda hudud mas’ullari tomonidan qishloqqa davlat tomonidan ajratilganligi nazarda tutilgan aloqa kabelini o‘tkazib berishdan bosh tortayotganlaridan shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga ma’lumot yuborildi va bo‘linma tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.