Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Eltuz portali” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Asaka tumani Mirzaobod MFY A.Qoraboyev ko‘chasi hududida yashovchi fuqaro xonadoniga Internet tarmog‘ini ulatish bo‘yicha yo‘llagan murojaati e’tiborsiz qoldirilayotganligidan shikoyat qilgan.
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari fuqaroga ayni paytda ushbu manzilda Internet xizmatlariga ulanish uchun texnik imkoniyatlar mavjud emasligi, hududda aloqa kabellarining qamrovini to‘liq tashkil qilish Kompaniyaning ish rejasiga muvofiq 2023-yil 3-choragi davomida (imkon qadar ko‘rsatilgan muddatdan oldin) yakuniga yetkazilishi va texnik imkoniyatlar yaratilishi bilan murojaatchining talabi qondirilishi tushuntirilgan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.