Munosabatlar
December 5, 2024
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Jurnalistuz” Telegram kanali orqali “Samarqand viloyatida uztelecom xodimlariga majburiy daraxt ektiryapti bu yogʻda o’zi wi-fi yaxshi ishlamay yotibdi” sarlavhada murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat yuzasidan Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, mazkur murojaatda keltirilgan ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shu munosabat bilan, Kompaniya haqida ma’lumot tarqatishda UZTELEСOMning rasmiy manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.