Munosabatlar
May 20

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Komporuz” Telegram kanali orqali Kompaniyaning Sirdaryo filialida adolasiz qisqartirish bo‘layotganligi, oliy malumotli yosh kadrlar ham qisqartirishga tushib ishsiz qoldirilayotganligi aytilgan murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganilganda, hududiy bo‘linmada bunday holat yuz bermaganligi va ushbu murojaat yuzasidan Filial xodimlari o‘ratsida mazkur ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati