Munosabatlar
February 10

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Юнусабадцы_24” Telegram kanali orqali fuqaro hududda “UZTELECOM” savdo belgisi tushirilgan avtomobilning to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyga qo‘yilganligi va savdo ishlarini amalga oshirilganligi yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Ushbu murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan ma’lumot nazoratga olinganligi bildiriladi va mazkur yo‘nalishdagi xodumlarga zaruiriy tushuntirishlar berilganligi ma’lum qilinadi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati