October 1, 2021

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Hurmatli ustozlar, ta’lim sohasi xodimlari!
Uztelecom sizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklaydi. Bu bayram ustozlarimizga chuqur minnatdorchilik bildirish, o‘z namunalari bilan mehribon, halol va insonparvar bo‘lishni o‘rgatgan birinchi o‘qituvchilarimizni eslash uchun ajoyib sababdir.
Aziz ustozlar! Siz o‘zingizning jonbozligingiz, mehnatingiz va ijodiy izlanishingiz bilan ertangi kun uchun poydevor yaratmoqdasiz. Kasbga bo‘lgan fidoyiligingiz va farzandlarimiz haqida qayg‘urayotganingiz uchun sizlarga tashakkur!
Ushbu kasb egalariga sog‘lik-salomatlik, baxt, kuch-quvvat va ijodiy parvozlar tilab qolamiz!

UZTELECOM – Milliy operator!

@uztelecomuz

@uztelecompress