Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqdagi “O‘zbekiston ovozi / Голос Узбекистана” facebook guruhi orqali mamlakatimizda pandemiya sharoitida aholiga yengillik yaratish maqsadida aksariyat to‘lov xizmatlari singari UZTELECOM tomonidan taqdim etilgan internеt xizmatlariga to‘lovlar so‘ralmaganligi, biroq pandemiya davri tugagandan so‘ng abonentlardan o‘tgan davr uchun ham hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etilganligi va bu haqda oldindan ogohlantirilmaganligidan shikoyat qilingan. Murojaatda shuningdek, hisob-kitob ishlarini amalga oshirmagan abonentlar to‘lovlari fililal xodimlarining ish haqidan ushlab qolinganligi aytib o‘tilgan.
https://www.facebook.com/127663087931436/posts/1122947075069694?comment_id=1122971915067210
Ushbu murojaat Kompaniya tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli hududiy bo‘linmaga xabar berilgan va mazkur masala hududiy bo‘linma mutaxassislarining nazoratiga olingan. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.