January 23

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘i orqali obunachi Dono Bekchan “Uzonline 200 tezlik Canvani ochmayapti” mazmunida murojaat qoldirgan.

Ushbu murojaat Kompaniya Axborot xizmati tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra mazkur ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga oydinlik kiritildi va holat yuzasidan murojaatchi bilan qayta aloqa orqali bo‘lanilib, “Canva” ilovasidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati