Munosabatlar
May 1

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2024-yil 1-may kuni ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida Internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi” haqida xabar e’lon qilindi.

Mazkur murojaat bo‘yicha Kompaniya Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi. Ya’ni, “O‘zbektelekom” AK tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarni ko‘rsatishda hech qanday texnik uzilish yoki nosozliklar yuzaga kelmagan va Internet xizmatlari shtat rejimida ishlayotganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati