Munosabatlar
December 23, 2024

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “Vodiy1.uz” Telegram kanali orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani “Matonat” MFY hududida Internet tarmog‘ida uzilishlar mavjudligiga oid murojaat e’lon qilingan.

Mazkur murojaat бўйича Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli bo‘linmaga xabar berildi. Shundan so‘ng bo‘linma mutaxassislari murojaatga oydinlik kiritib, huddudda Internet tarmog‘ida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rganligi va mavjud muammo ijobiy hal qilinganligi bildiriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati