Munosabatlar
Today

Munosabat

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ochiq manbalar orqali Kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar yuzasidan doimiy monitoring va o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, ijtimoiy tarmoqda “ЖАМОАТ НАЗОРАТИ” Telegram kanali orqali Farg‘ona viloyati Kirguli mavzesida yashovchi fuqaro hududda internet tarmog‘i bilan bog‘liq muammo yuzaga kelayotganligini bildirib murojaat yo‘llagan.

Mazkur murojaat aniqlanishi bilan Kompaniya Axborot xizmati tomonidan tegishli hududiy bo‘linmaga yo‘naltirilganligi hamda bo‘linma mutaxassislari tomonidan holat nazoratga olinganligi bildiriladi. Ishlar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati