Munosabatlar
December 2

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha “O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Kun.uz rasmiy saytida “Mobil operatorlar narxlarni oshirmoqda” mazmunida e’lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Kompaniya tomonidan xizmatlar shartlari va tariflar narxlariga kiritiladigan o‘zgarishlar abonentlarning ehtiyojlari hamda talablaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Sababi, so‘nggi yillarda texnologiya va zamonaviy axborot almashinuvi rivojlangani sari Internet-trafik va megabitlarga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu esa xizmat sifatini yanada yaxshilash, shu bilan birga zamonaviy ehtiyojlarga moslashish uchun tariflarni qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Tariflarga kiritilgan o‘zgarishlar esa abonentlarga xizmatlardan foydalanishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Shuningdek, Kompaniya Axborot xizmati mazkur maqolada keltirilgan “ishxonasi va xonadonida Wi-Fi xizmati mavjudligi, shunga ko‘ra tarif rejasidan faqat muloqot uchun foydalanish ehtiyoji borligini bildirib, shunga mos narxdagi tarif rejasi bo‘lsa, mavjud tarif rejasini almashtirish istagi borligini bildirgan” UZTELECOM abonenti taklifi yuzasidan, ayni vaqtda amaldagi tariflar orasida atigi 20 ming so‘mlik “Suhbat Lite” tarif rejasini tanlashi va undan faqat muloqot uchun foydalanishi mumkinligini ma’lum qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kompaniya xizmatlariga oid yangiliklar bilan uztelecom.uz saytida tanishib borishingiz mumkin.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati