December 13, 2022

Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Kompaniya xizmatlari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan doimiy o‘rganishlar olib borilmoqda.

Jumladan, AKT vazirligining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga qayta aloqa orqali Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yashovchi fuqaro xonadoniga ulangan simli internet tarmog‘ida uzilishlar kuzatilayotganligidan shikoyat qilgan.

Мазкур murojaat Kompaniyaning Axborot xizmati tomonidan o‘rganilib, holat yuzasidan hududiy bo‘linmaga xabar berildi. O‘z o‘rnida hududiy bo‘linma mutaxassislari ushbu masalaga jiddiy yondashib, fuqaro murojaatida keltirilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etishdi. Ayni paytda fuqaro xonadonida internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyati tiklab berilganligini ma’lum qilamiz.

“O‘zbektelekom” AK Axborot xizmati

@uztelecomuz

@uztelecompress